Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 136–138-betlar
ELEKTRON TIJORAT SHARTNOMALARI BO‘YICHA FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIKNI QO‘LLASHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Sarsenbaeva, Ellada
DOI: 10.70413/zdif-v04-i11-p1-031 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning jadal sur’atlarda rivojlanishi ushbu sohadagi shartnomaviy munosabatlar ko‘lamini kengaytirib, ulardan kelib chiquvchi nizolar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu holat elektron tijorat shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashning samarali huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish zaruratini kuchaytirmoqda. Ayniqsa, 2022-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni [1] ushbu sohaning huquqiy asoslarini yangilab, javobgarlik masalalariga tizimli yondashuvni talab etadi. Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ilmiy manbalar asosida elektron tijorat shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikning nazariy asoslari, subyektlar majburiyatlari, javobgarlik turlari va uni qo‘llashning amaliyotdagi o‘ziga xos jihatlari hamda muammolarini tahlil qilishdan iborat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.