Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 11-son (2025) · 139–141-betlar
DASTURIY TA`MINOTNI TESTLASH USULLARI
Nabiyev, Otabek, Ismailov, Alisher
DOI: 10.5281/zenodo.15461955 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada dasturiy ta'minotni testlash usullari keng yoritiladi. Dasturiy ta'minot sifati va ishonchliligini ta'minlashda testlash muhim bosqich hisoblanadi. Maqolada testlashning asosiy turlari – qo‘lda testlash, avtomatlashtirilgan testlash, birlik testlari, integratsion testlar, tizimli testlash va qabul testlari haqida ma'lumot beriladi. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari muhokama qilinadi, real loyihalarda qo‘llanilish amaliyotiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, testlash jarayonida ishlatiladigan zamonaviy vositalar va dasturlar, ularning imkoniyatlari va qulayliklari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda testlashning dasturiy ta'minot ishlab chiqish siklidagi roli, ishlab chiquvchilar va testlovchilar o‘rtasidagi hamkorlik, testni avtomatlashtirishning samaradorligi tahlil qilinadi. Natijada, samarali testlash usullarini tanlash dasturiy ta'minot sifatini oshirish, ishlab chiqish xarajatlarini kamaytirish va mahsulotni tezroq bozorga chiqarishga imkon berishi asoslab beriladi.
Dasturiy ta'minot, testlash, avtomatlashtirilgan test, birlik testi, integratsion test, tizimli testlash, qabul testi, sifat nazorati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.