Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 4–6-betlar

YURIDIK TERMINLARNING KONTEKSTUAL TARJIMASI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILI ASOSIDA

Xujaniyazova, Hilola

DOI: 10.70413/zdif-v04-i12-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik terminlarning kontekstual tarjimasi muammolarini yoritadi. Yuridik tilning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, qat’iylik, aniq terminologiya va kontekstdan kelib chiqadigan ma’no farqlari tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida ekvivalentlik, dinamik muvofiqlik va madaniy tafovutlarning qanday rol o‘ynashi misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada yuridik matn tarjimasida kontekstning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi. Tarjimani shunchaki lingvistik faoliyat sifatida emas, balki huquqiy-madaniy muloqot shakli sifatida ko‘rishga chaqiriladi.

yuridik termin, tarjima, kontekst, ingliz tili, o‘zbek tili, ekvivalentlik, huquqiy diskurs.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.