Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 39–43-betlar
TAʼLIM MENEJMENTI VA UNING OLIY TAʼLIM MUASSASALARI RAHBARLARI FAOLIYATIGA TAʼSIRI
Xamdamova, Sitora
DOI: 10.5281/zenodo.15496394 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy dunyoda oliy taʼlim muassasalari nafaqat bilim tarqatuvchi markazlar, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan strategik institutlar sifatida qaralmoqda. Taʼlim menejmenti ushbu muassasalarning samarali faoliyat yuritishi, global raqobatbardoshlikni taʼminlashi va innovatsion yondashuvlarni joriy etishida asosiy omil hisoblanadi. Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari esa ushbu jarayonlarda markaziy figuralar boʻlib, ularning boshqaruv koʻnikmalari, strategik qarorlari va zamonaviy taʼlim talablariga moslashuvi taʼlim sifati va muassasa obroʻsiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi kunda taʼlim sohasida global raqobatning kuchayishi, raqamli transformatsiya, talabalar ehtiyojlarining diversifikatsiyasi va iqtisodiy cheklovlar oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oldida yangi chaqiriqlar qoʻymoqda. Koʻplab mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda, taʼlim tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari taʼlim menejmentining samaradorligiga bogʻliq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.