Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 49–52-betlar
OILA TARBIYASIGA OID KONSEPTLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA
Rashidova, Sarvinoz
DOI: 10.70413/zdif-v04-i12-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi oila tarbiyasiga oid konseptlar – xususan, “parenting”, “discipline”, “nurture” va ularning o‘zbek tilidagi muqobillari “tarbiya”, “odob”, “parvarish” – lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu atamalarning semantik, madaniy va pragmatik xususiyatlari, ularning tarixiy ildizlari va jamiyatdagi funksional roli o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar har ikkala til va madaniyatda o‘ziga xos madaniy yuklama va ijtimoiy qadriyatlarni ifodalaydi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda til va madaniyat uyg‘unligini ta’minlashda lingvokulturologik tahlilning ahamiyatini ochib beradi.
ingvokulturologik tahlil, oila tarbiyasi, parenting, tarbiya, discipline, odob, nurture, parvarish, ingliz tili, o‘zbek tili, madaniyatlararo pragmatika, qiyosiy lingvistika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.