Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 12-son (2025) · 59–61-betlar

BADIIY MATNGA PRAGMATIK YONDASHUV

Xaydarova, Feruza

DOI: 10.5281/zenodo.15501127 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi  kunda  tilshunosligimizda  pragmalingvistika  alohida  soha sifatida  shakllanib  ulgurdi.  Bu  jarayonda  professor  Sh.Safarovning izlanishlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Olim “Pragmalingvistika” nomli  monografiyasida  mazkur  sohaning  shakllanishi,  taraqqiyoti  va  istiqboli haqida  fikr  yuritadi,  lisoniy  faoliyatning  pragmatik  xususiyatlari,  bu xususiyatlarni  yuzaga  keltiruvchi  omillarni  o‘rganish  tilning  ijtimoiy mohiyatini  aniqlash  uchun  muhim  ekanligini  ta’kidlaydi. Mazkur  o‘quv qo‘llanmada  kommunikativ-pragmatik  yo‘nalishning  shakllanishi, pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi, pragmalingvistikaning  predmeti,  nutqiy  akt  nazariyasi,  semantika  va pragmatika  munosabati,  pragmatik  mazmunni  shakllantiruvchi hodisalar, samarali muloqot tamoyil va qoidalari, deyksis va nutqiy muloqot matni, diskursning  tuzilishi  va  uning  tahlili  masalalari  jahon pragmalingvistikasiga  oid qator  manbalarni  qiyoslagan holda  nazariy jihatdan  asoslab  beriladi.  Pragmatik  tahlil  tamoyillarini  belgilovchi asosiy metodologik g‘oya bu faoliyat nazariyasi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.