Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 26–28-betlar

ALISHER NAVOIY XAMSASIDA ADOLATLI PODSHO OBRAZI VA SIYOSIY IDEAL

Olimova, Ruxshona

DOI: 10.5281/zenodo.15554380 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi besh dostonda adolatli podsho obrazi va siyosiy idealning badiiy talqini tahlil qilingan. Har bir doston “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” alohida ko‘rib chiqilib, ularda hukmdor obrazining qanday ideallar asosida qurilgani yoritilgan. Maqolada adolat, rahm-shafqat, xalqparvarlik, aql-zakovat, diplomatiya kabi tushunchalarning Navoiy tomonidan siyosiy yetuklik mezoni sifatida ifodalangani aniq dalillar bilan ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, dostondagi poetik shakl bilan falsafiy mazmun uyg‘unligi tahlil qilinadi.

Alisher Navoiy, Xamsa, adolatli podsho, siyosiy ideal, Iskandar, Farhod, Shirin, poetik obraz, davlat boshqaruvi, siyosiy tafakkur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.