Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 35–37-betlar

O‘QUVCHI IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA “PARLAMENT DEBATLARI” METODIDAN FOYDALANISH

Jumamuratova, Ruxshona, Allambergenov, H.

DOI: 10.70413/zdif-v04-i13-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Matn yaratishga tayyorlashda imloviy-uslubiy savodxonlikni rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni shakllantirish va til sathlari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatilishining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, interfaol usullar, xususan, parlament debatlari asosidagi seminar-treninglar orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, ularni og‘zaki va yozma nutqda erkin ifoda qilishga o‘rgatish tajribalari bayon etiladi. Maqolada o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, fikrlarni ilmiy asoslangan tarzda ifodalash hamda muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Zamonaviy ona tili ta’limi, matn yaratish ko‘nikmasi, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, imloviy-uslubiy savodxonlik, interfaol metodlar, debat darslari, kommunikativ savodxonlik, ijodiy tafakkur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.