Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 13-son (2025) · 55–59-betlar

PROFESSIONAL PARLAMENT FAOLIYATIDA SIYOSIY PARTIYALARNING YA'NI (LEYBORISTLAR VA KONSERVATORLAR) NING O'ZIGA XOS RAQOBATBARDOSHLIGI

Karimov, Shoxruh

DOI: 10.5281/zenodo.15583591 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Buyuk Britaniya parlament tizimida yetakchi siyosiy partiyalar – Leyboristlar va Konservatorlar o‘rtasidagi raqobatbardoshlik masalasi tahlil qilinadi. Siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi o‘ziga xos strategiyalari, ideologik asoslari, saylovoldi dasturlarining mazmuni va ularning ijtimoiy-siyosiy muhitga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada partiyalar o‘rtasidagi murosasizliklar va hamkorlik jihatlari, shuningdek, ularning qonun ijodkorligi jarayoniga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda tahlil etiladi. Leyboristlar va Konservatorlar partiyalarining tarixiy shakllanishi, ularning parlamentdagi pozitsiyasi va raqobatning barqaror demokratik rivojlanishga ta’siri ham muhim jihatlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Britaniya siyosiy tizimining raqobat tamoyillariga asoslanganligini va bu tizimning samaradorligini namoyon etadi.

Siyosiy partiyalar, Leyboristlar, Konservatorlar, parlament tizimi, siyosiy raqobat, qonun ijodkorligi, demokratik taraqqiyot, Buyuk Britaniya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.