Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 25–27-betlar
IJTIMOIY TARMOQ SAHIFALARINING SHAXSIY HAYOTGA ARALASHUVI VA HUQUQIY HIMOYA
Egamberdiyeva, Adiba
DOI: 10.5281/zenodo.15623016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoq sahifalarining shaxsiy hayotga aralashuvi bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy muammolar tahlil qilingan. Shaxsiy ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda egasining roziligisiz tarqatilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilishi holatlari muhokama etilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, xususan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga tayanilgan holda, bunday holatlarda fuqarolarning huquqiy himoya vositalari ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini huquqiy ong va mas’uliyat bilan harakat qilishga chaqiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar, shaxsiy hayot, fuqarolik huquqi, huquqiy himoya, axborot tarqatish, sahifa egalari, shaxsiy ma’lumotlar, qonunchilik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.