Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 60–64-betlar

VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Usmonaliev, Najmiddin, Mahmadaliev, Shohjaxon

DOI: 10.70413/zdif-v04-i14-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish jinoyatlarining tergovini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu jinoyatlar sabablarini va tergov jarayonidagi qiyinchiliklarni, masalan, tergovchilarning malakasizliklari, voyaga yetmaganlarning himoyasizligi va bunday jinoyatlarning yashirinligi kabi muammolarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Tergovni takomillashtirish uchun maxsus tergov guruhlarini tashkil etish, mutaxassislarning malakasini oshirish, voyaga yetmaganlarni himoya qilish tizimini kuchaytirish va qonun hujjatlarini yangilash kabi takliflar ilgari surilgan. Maqola jamiyatda bunday jinoyatlarning oldini olish va yoshlarni himoya qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi.

Voyaga yetmaganlar, tergov jarayoni, jinoyatlarining tergovini takomillashtirish, voyaga yetmaganlarni himoya qilish

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.