Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 144–148-betlar

IQLIM O‘ZGARISHINING TA‘SIRINI OLDINI OLISH HAMDA UNGA MOSLASHISH BO‘YICHA OʻZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HARAKATLAR

Aliyev, Azizbek

DOI: 10.70413/zdif-v04-i14-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

So‘ngi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p qismlarida anomal qish va jazirama yoz tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu esa Pamir va Tyan-Shan tog‘larida muzliklar va abadiy muzlarning erishini keltirib chiqaradi. Kuchli yomg‘ir, qurg‘oqchilik, suv toshqini va sel oqimlari xavfi oshadi. Bu o‘z navbatida, iqlim o‘zgarishi suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va inson salomatligiga ta‘sir ko‘rsatishi, ma’lum bir xududlarni cho‘llanishi, ekotizimlar va tabiiy resurslarning buzilishi kabi mavjud muammolarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining ta‘sirini oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

O‘zbekiston, iqlim o‘zgarishi, Markaziy Osiyo, global, harakat, inson salomatligi, mintaqa, suv resurslari, issiq havo, anomal sovuq, qurg‘oqchilik, tabiiy ofat, “Yashil” iqtisodiyot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.