Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 14-son (2025) · 164–166-betlar
IJTIMOIY INKLYUZIYA VA TA’LIM INTEGRATSIYASI: O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI
Bekbo‘sinova, Laylo
DOI: 10.70413/zdif-v04-i14-p1-038 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy inklyuziya va ta’lim integratsiyasi tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy va amaliy asosda tahlil qilingan. Ijtimoiy inklyuziya – jamiyatdagi barcha qatlamlarning, ayniqsa imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy hayotga jalb etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lsa, ta’lim integratsiyasi esa bu jarayonning amaliy ifodasi sifatida maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni umumiy o‘quv tizimiga qo‘shishni ko‘zda tutadi. Maqolada xalqaro va milliy tajriba misolida integratsiyalashgan ta’limning ijtimoiy inklyuziyaga ta’siri, mavjud muammolar va zamonaviy yondashuvlar keng yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishning rivojlanish istiqbollari va amalga oshirish mexanizmlari haqida tavsiyalar berilgan.
Ijtimoiy inklyuziya, ta’lim integratsiyasi, inklyuziv ta’lim, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, teng imkoniyatlar, pedagogik yondashuv, xalqaro tajriba, moslashtirilgan o‘quv materiallari, reabilitatsiya, differensial metod.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.