Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 15-son (2025) · 21–23-betlar
ZAMONAVIY IJTIMOIY-MADANIY TEXNOLOGIYALAR YOSHLAR ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALTIRISH OMILI SIFATIDA
Djаlаlovа, Nigorа
DOI: 10.5281/zenodo.15694780 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezis- maqolada zamonaviy ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning yoshlar estetik tafakkurini shakllantirish va yuksaltirishdagi o‘rni falsafiy-estetik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Estetik tafakkur – inson tafakkurining go‘zallikka yo‘naltirilgan shakli bo‘lib, shaxsiy dunyoqarash, madaniy idrok va axloqiy pozitsiyani belgilovchi muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda raqamli madaniyat, kommunikatsion platformalar va san’at texnologiyalarining estetik ongga ta’siri baholanadi. Zamonaviy texnologiyalar estetik ongni shakllantiruvchi madaniy-ma’naviy transformatsiya vositasi sifatida talqin etiladi. Xulosa sifatida, estetik tafakkurni yuksaltirish ijtimoiy-madaniy texnologik muhit va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
estetik tafakkur, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy-madaniy muhit, falsafiy-estetik tahlil, raqamli madaniyat, yoshlar tarbiyasi, san’at texnologiyalari, madaniy qadriyatlar, kommunikatsion platformalar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.