Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 17–18-betlar

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING IJODIDA ADOLAT VA BOSHQARUV FALSAFASI

Hamdamov, Behzod

DOI: 10.5281/zenodo.15734833 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat zabardast sarkarda va shoir, balki o‘z davrining yetuk siyosiy-falsafiy tafakkur egasi bo‘lgan shaxsdir. Uning “Boburnoma” asari, shuningdek she’riy merosi hukmdor sifatida qanday boshqaruv tamoyillariga amal qilganini ochib beradi. Bobur uchun adolat hokimiyatning eng muhim tayanchi bo‘lib, rahbarlik — bu javobgarlik va axloqiy burchdir. U boshqaruvni faqat kuchga emas, balki ma’naviyat va donolikka tayanib yuritishni targ‘ib etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur — nafaqat saltanat barpo etgan yirik tarixiy shaxs, balki o‘z davrining teran tafakkurli mutafakkiri sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Uning ijodiy merosi — xususan Boburnoma va she’riy asarlari — adolat, siyosiy mas’uliyat, rahbarlik madaniyati va boshqaruv axloqi bilan yo‘g‘rilgan. Bobur hayotiy tajribasi, siyosiy kurashlari va ruhiy kechinmalari orqali boshlovchi shaxs va adolatli hukmdor kim bo‘lishi kerakligini nafaqat nazariy, balki amaliy asosda namoyon etgan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.