Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 30–32-betlar
IKKINCHI JAXON URUSHI DAVRIDA TIBBIYOT TIZIMINI FRONT EHTIYOJLARI UCHUN JALB QILINISHI
Madaminov, Ulug’bek
DOI: 10.5281/zenodo.15737372 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ikkinchi jahon urushi butun dunyo xalqlari xotirasida o‘zining fojiaviy izini qoldirgan tarixiy voqealardan biridir. O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixini xolisona va adolat nuqtai-nazaridan o‘rganish tarixiy xotira uchun muhim ahamiyatga egadir. Urush boshlanishi bilan barcha sohalar faoliyati harbiy izga solinib, front ehtiyojlari uchun xizmat qila boshladi. Shuningdyek, jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi sog‘liqni saqlash tarixida ham bu davr o‘zining yorqin izini qoldirdi. Respublika sog‘liqni saqlash tarmog‘i og‘ir sinovlardan o‘tdi va ko‘plab malakali, iqtidorli tibbiyot xodimlari urushga safarbar etildi. Tibbiyot bilim yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professorlari, dotsent va oddiy o‘qituvchilari, davolash muassasalarida xizmat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari-feldsherlar, sanitarlar, hamshiralar ham urushga ketdi. Maqolada shu va shu kabi masalalar atroflicha dalillar bilan yoritib berilgan.
sog‘liqni saqlash tarmog‘i, evakuatsiya, harbiy gospital, evakogospital, feldsher-akusherlik punktlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.