Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 78–81-betlar

TOSKANA SHEVASINING ITALYAN ADABIY TILIGA TA’SIRI

Baxtiyorova, Muslima

DOI: 10.70413/zdif-v04-i16-p1-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lingvistik adabiyotlarga tayangan holda, Toskana shevasining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganib chiqib, ularning zamonaviy italyan adabiy tilida qanday namoyon bo‘lishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblar asarlari orqali bu shevaning butun Italiya bo‘ylab qanday tarqalganini va italyan tilining adabiy me’yoriga aylanish jarayoni yoritiladi. Maqolada Toskana shevasining italyan madaniy va lingvistik merosdagi o‘rni, shuningdek, til me’yorlashuvi jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Toskana shevasi, Florensiya lahjasi, italyan adabiy tili, Dante Aligyeri, Accademia della Crusca, Italiya dialektologiyasi, leksik va fonetik o’zgarishlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.