Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 107–109-betlar
ZAMONAVIY MEDIA DISKURSINING PRAGMALINGVISTIK TAHLILI
Jalishova, Mahliyo
DOI: 10.5281/zenodo.15770666 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Avvalo, kognitiv-diskursiv paradigmaning asosiy ko‘p ma’noli tushunchalaridan biri bo‘lgan diskurs tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu hodisaning yagona tushunchasi hali ishlab chiqilmagan, bu diskurs fanlararo o‘rganish obyekti ekanligi bilan izohlanadi. So‘nggi yillarda diskurs tushunchasi paydo bo‘ldi. Uning eng dinamik rivojlanayotgan turi haqli ravishda mediadiskurs hisoblanadi, chunki u axborot chegaralarining yo‘qligi tufayli ijtimoiy hodisalar bilan birga rivojlanib, ularga moslashib o‘zgarish qobiliyatiga ega bo‘lgan media muhitni tashkil etuvchi turli xil aloqa vositalari va ma’lumotlarni uzatish usullari to‘plamidir. V.V. Krasnix diskurs deganda ham lingvistik, ham ekstralingvistik omillarga asoslangan verballashgan nutqiy tafakkur faoliyatini tushunadi. Diskurs ‒ bu "muloqot jarayonida yuzaga kelgan matnlar to‘plami" [5, 113-bet].
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.