Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 132–138-betlar

IJTIMOIY TARMOQLAR VA MEDIA VOSITALARIDA MILLIY-MADANIY STEREOTIPLARNING KOMMUNIKATIV TRANSFORMATSIYASI

Tojiboyev, Botir, Abdullayeva, Gulnora

DOI: 10.5281/zenodo.15788091 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqola milliy-madaniy stereotiplarning ijtimoiy tarmoqlar va media vositalaridagi kommunikativ transformatsiyasini o‘rganishga qaratilgan. Milliy stereotiplar tarixiy, madaniy va ijtimoiy ongda shakllangan mental konstruksiyalar sifatida til orqali avloddan avlodga uzatiladi va madaniyatlararo muloqotda muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy kommunikatsiya maydonlari, xususan ijtimoiy tarmoqlar, bu stereotiplarning shakllanishi, ifodalanishi va tarqalishida yangi imkoniyatlar yaratdi. Maqolada Edward Xoll, Geert Hofstede, Marshall Maklyuhan, Manuel Kastels va Zizi Papacharissi kabi olimlarning nazariyalari asosida milliy stereotiplarning yangi kommunikativ maydonlardagi roli, ularning konnotativ yangilanishi va madaniyatlararo muloqotdagi o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning milliy stereotiplarning kommunikativ kuchini oshirishdagi ahamiyati va ularning moslashuvchanligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy-madaniy stereotiplarning global muloqotdagi o‘rni va ularning dinamik rivojlanishini ko‘rsatadi.

milliy-madaniy stereotiplar, ijtimoiy tarmoqlar, media vositalari, kommunikativ transformatsiya, madaniyatlararo muloqot, kommunikativ kuch, madaniy identifikatsiya, global kommunikatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.