Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 18-son (2025) · 37–39-betlar
“BOBURIYNOMA” MA’RIFIY ROMANIDA MUALLIF OBRAZI TALQINI
G‘ofurova, Shahnoza
DOI: 10.70413/zdif-v04-i18-p1-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif obrazi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilib,Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida muallif obrazining roman qahramonlaridan biri sifatidagi roli tahlil qilinadi. Badiiy asar muayyan davr, xalq va shaxsning ruhiy-ma’naviy dunyosini ifodalovchi murakkab hodisa bo‘lib,unda muallif obrazi yetakchi nazariy tushunchalardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslikda muallif obrazining shakllanishi, uning poetik mohiyati, funksional xususiyatlari va badiiy matndagi o‘rni yuzasidan turli yondashuvlar imkon doirasida tahlil qilinadi.
“Boburiynoma”, muallif obrazi, estetik, psixologik va falsafiy omillar, uslub, xarakter, bevosita va bilvosita qatnashuvchi, badiiy matn, mualliflik izohlari, tarixiy ong, milliy g‘urur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.