Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 18-son (2025) · 85–86-betlar

QO‘ZI DAVLAT ASARLARIDA MA’NO KO‘CHISH USULLARI

Jumaniyozova, Dildora

DOI: 10.70413/zdif-v04-i18-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakili Qo‘zi Davlat ijodida ma’no ko‘chish (trop) usullarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Metafora, metonimiya, epitet, personifikatsiya va sinekdoxa kabi tropik vositalar shoir asarlarida qanday badiiy yuklama bilan ishlatilgani ko‘rsatib beriladi. Maqolada tropik vositalarning poetik tasvir yaratishdagi roli, ularning obrazlilik va emotsional ta’sirni oshirishdagi vazifasi izohlanadi. Qo‘zi Davlatning ayrim she’rlari asosida misollar keltirilib, ma’no ko‘chish vositalarining individual uslub va estetik ifodadagi o‘rni yoritiladi.

ma’no ko‘chish, trop, metafora, metonimiya, epitet, personifikatsiya, sinekdoxa, badiiy tasvir, poetik til, obrazlilik, zamonaviy she’riyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.