Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 18-son (2025) · 122–123-betlar
MIRZO BOBUR FARZANDLARI
Azamjanova, Ziyodaxon
DOI: 10.5281/zenodo.16560328 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
She’riyat dunyosiga bir bog’ misolida nazar solsak, uning qanchalar maftunkor va xilma xilligiga amin bo’lamiz. Har bir gulning takrorlanmas go’zalligi va xushbo’y atri bo’ladi. Go’zallik timsollarining barchasini quchib, muattar hidlaridan orom olging keladi kishi. Biroq gullar qanchalar beqiyos bo’lmasin, ularning ichida dilingni mast etib, o’ziga qayta-qayta chorlovchi benaziri bo’ladi. She’riyat gulshanining gultojlari - Lutfiy, Navoiy, Boburdir. Bu ulug’ siymolarimizni 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha biladi, sevib mutolaa qiladi. Ko’p qirralillik xususiyati bilan alohida ajralib turtuvchi Bobur Mirzo shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi sifatida dong taratgan. Bobur bu sohalarda ko’p va xo’b ijod etgan, faoliyat yuritgan va dunyo e’tirofiga sazavor bo’lgan. Bobur haqida ingiliz olimi Uilyam Erskin shunday iliq fikrlar bildirganki, uni qog’ozga tushurmaslik, ma’rifatga jaholat bilan qarashdek nazdimizda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.