Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 19-son (2025) · 99–101-betlar

KREDIT SHARTNOMALARINING SUDLOVLILIGI

Murodov, Muxlis

DOI: 10.5281/zenodo.16910985 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Kredit shartnomalarning sudlovliligi zamonaviy fuqarolik huquqi va sud amaliyotining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalari, ularning shartlari, bajarilmasligi yoki noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida yuzaga keladigan nizolar ko‘plab sud ishlarining asosini tashkil etadi. Ushbu tezisda kredit shartnomalarining huquqiy tabiati, sudlovlilik mezonlari, hududiy va predmet bo‘yicha sud yurisdiksiyasi, xalqaro element mavjud bo‘lganda yuzaga keladigan kollizion masalalar hamda amaliyotda uchraydigan muammolar keng tahlil etiladi. Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro tajriba asosida kredit shartnomalariga oid nizolar bo‘yicha sudlovlilik masalalarini hal qilishning samarali mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

kredit shartnomasi, sudlovlilik, fuqarolik protsessual huquqi, yurisdiksiya, bank, qarzdor, xalqaro element, kollizion norma, nizolarni hal qilish, arbitraj.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.