Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 19-son (2025) · 113–116-betlar
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI
MIRZAAXMEDOVA, MAXLIYO
DOI: 10.5281/zenodo.16911196 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.
komil inson, ilm va ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.