Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 60–62-betlar
RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHDA KLASTER TIZIMINING INSTITUTSIONAL AHAMIYATI
Sherkulov, Shohruh
DOI: 10.5281/zenodo.14862545 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqobatbardoshlikni oshirishda klaster tizimining institutsional ahamiyati tahlil qilinadi. Klaster yondashuvi global iqtisodiyotda strategik rivojlanish omili sifatida qaralib, u ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion faoliyat va bozor talablariga tez moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadqiqot davomida klaster tizimining normativ-huquqiy asoslari, davlat va xususiy sektor hamkorligi, ilmiy-tadqiqot institutlarining roli hamda klasterlar orqali eksport salohiyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Klaster tizimi doirasida resurslardan samarali foydalanish, tannarxni pasaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Klaster tizimi, raqobatbardoshlik, institutsional rivojlanish, innovatsiyalar, eksport salohiyati, iqtisodiy barqarorlik, davlat-xususiy hamkorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.