Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 74–76-betlar

IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI

Salimova, Shahzoda

DOI: 10.5281/zenodo.14870110 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunikatsiya jarayonlari, konfliktlar va ularning yechimlarini, shuningdek, oilaviy rollarning ta’sirini o’rganadi. Mustahkam oilaviy munosabatlar inson ruhiyati va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada oilada kommunikatsiya usullari, oila a’zolari o’rtasidagi emotsional bog’liqliklar, nizolarni bartaraf etish strategiyalari va farzand tarbiyasining psixologik jihatlari yoritib beriladi.Shuningdek,zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari muhokama qilinadi. Maqola oilaviy psixologiya bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, pedagoglar va oilaviy munosabatlar psixologiyasiga qiziqqan har bir inson uchun foydali bo’lishi mumkin.

Oila, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy psixologiya, kommunikatsiya, konflikt, oilaviy rol, farzand tarbiyasi, psixologik moslashuv, emontsional bog’liqlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.