Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 117–120-betlar
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR: KECHA VA BUGUN
KAN, GALINA
DOI: 10.70413/zdif-v04-i02-p1-033 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Maqola til o‘rgatish jarayonida an'anaviy yondashuvlardan zamonaviy metodologiyalarga o‘tishning tarixiy aspektlari, metodik o‘zgarishlar va pedagogik yangiliklar haqida so‘z yuritadi. Xususan, maqolada xorijiy til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, immersiv texnologiyalar, interaktiv usullar va audiovizual vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati muhokama qilinadi. Kecha va bugungi ta'lim metodologiyalari o‘rtasidagi farqlar, ularning talabalarning til o‘rganish jarayoniga ta'siri, shuningdek, yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarning qo‘llanilishining samaradorligi keltiriladi. Maqola xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar va zamonaviy pedagogik texnikalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida muhim ma'lumotlar beradi.
Xorijiy til, zamonaviy metodlar, kommunikativ yondashuv, immersiv texnologiyalar, interaktiv usullar, audiovizual vositalar, ta'lim metodologiyasi, pedagogik innovatsiyalar, til o‘qitish metodlari, ta'lim tizimi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.