Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 21-son (2025) · 50–51-betlar

OʻZBEK SHE’RIYATIDA EVOKATIVLIK VA EMOTIVLIKNING UYGʻUNLIGI

Omonboyeva, Maxliyo

DOI: 10.70413/zdif-v04-i21-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda o‘zbek she’riyatida emotivlik va evokativlikning o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinadi. Emotivlik shoirning ruhiy holati va kechinmalarini ifodalash vositasi sifatida, evokativlik esa o‘quvchida obraz, assotsiatsiya va hissiy rezonans uyg‘otish xususiyati sifatida izohlanadi. Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni…” she’ri asosida emotivlikni yuzaga keltiruvchi leksik, sintaktik va fonetik vositalar, shuningdek, evokativlikni kuchaytiruvchi metafora, ramz va ritorik usullar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida emotivlik va evokativlik uyg‘unligi o‘zbek she’riyatining ta’sirchanlik va estetik qudratini belgilovchi asosiy omil ekanligi ilmiy xulosa sifatida ta’kidlanadi.

emotivlik, evokativlik, o‘zbek she’riyati, hissiy ta’sir, obrazlilik, metafora, ramz, ritorik vositalar, kognitiv-pragmatik yondashuv, estetik ta’sirchanlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.