Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 21-son (2025) · 107–112-betlar
O‘ZBEKISTONDA FOND BIRJASI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA XALQARO TAJRIBADAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Po’latov, Jahongir
DOI: 10.70413/zdif-v04-i21-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyatining hozirgi holati, muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Fond bozorini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Tadqiqot davomida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning fond birjalari faoliyatidagi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida ularni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish orqali fond birjasining huquqiy, institutsional va texnologik asoslarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
O’zbekiston fond birjasi, kapital bozori, investitsiya muhiti, xalqaro tajriba, moliyaviy infratuzilma, regulyatorlik siyosati, raqamli transformatsiya, korporativ boshqaruv, moliyaviy barqarorlik, innovatsion moliya vositalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.