Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 21-son (2025) · 139–141-betlar
TALABALARNI TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sharopov, Mirjon
DOI: 10.5281/zenodo.17189175 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari yoritilgan. Texnik ijodkorlik talabalar dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash, yangilik yaratish hamda amaliy masalalarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bu jarayon talabalardan yuqori darajadagi intellektual faollik, motivatsiya va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan, ta’lim jarayonini texnik ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishda innovatsion metodlar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muammoli vaziyatlar yaratish muhim sanaladi. Psixologik jihatdan esa, talabalarni texnik ijodkorlikka tayyorlashda motivatsiyani shakllantirish, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va stress holatlarini boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi.
texnik ijodkorlik, pedagogik-psixologik xususiyatlar, motivatsiya, ijodiy fikrlash, innovatsion metodlar, intellektual faollik, ta’lim jarayoni, ijodkorlik kompetensiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.