Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 22-son (2025) · 14–17-betlar
SURXONDARYO VILOYATGA MARKAZDAN MUTAXASSISLAR JO‘NATISH SIYOSATI VA UNING MAHALLIY MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDAGI SALBIY XUSISIYATLARI (1920-1990-YİLLAR)
RASULOVA, MUHAYYO
DOI: 10.70413/zdif-v04-i22-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola 1920-1990-yillarda Surxondaryo viloyatiga markazdan yuborilgan mutaxassislar siyosati va uning mahalliy kadrlar tayyorlash tizimiga ko'rsatgan ta'sirini tahlil qiladi. Maqolada arxiv materiallari va statistik ma'lumotlar asosida markazdan yuborilgan mutaxassislar faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, mahalliy sharoitga moslashish muammolari, mahalliy mutaxassislar tayyorlash tizimining sekin rivojlanishiga olib kelgan omillar yoritilgan. Shuningdek, bu siyosatning uzoq muddatli oqibatlari, jumladan mahalliy ilmiy-tadqiqot maktablarining shakllanishiga ta'siri, mahalliy kadrlarning rahbarlik lavozimlariga ko'tarilishidagi cheklovlar va boshqa masalalar ham tadqiq etilgan. Maqola sovet davrida Surxondaryoda kadrlar siyosati borasida olib borilgan islohotlarning xolisona baholanishiga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati, sovet davri, markazdan yuborilgan mutaxassislar, mahalliy kadrlar tayyorlash, kadrlar siyosati, rus mutaxassislar, mahalliy sharoit, kadrlar malakasi, ilmiy-tadqiqot, rahbarlik lavozimlari, paxtachilik sohasi, professional ta'lim, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, milliy kadrlar, kadrlar masalasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.