Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 22-son (2025) · 76–79-betlar

RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH VA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASH

Abdinabiyeva, Dildora, Kurbanov, Jasurbek

DOI: 10.5281/zenodo.17233492 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqobat muhitini shakllantirish va monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyati, davlat reestriga kiritilgan monopolist korxonalar misolida amaliy holatlar yoritilgan. Shuningdek, xususiy sektorning raqobatni kuchaytirishdagi roli, JST talablariga mos islohotlar, xalqaro tajriba va bozor infratuzilmasining rivojlanishi asosida raqobat muhitining shakllanishi tahlil etilgan. Maqola raqobatbardosh iqtisodiy tizimni shakllantirishda davlat siyosatining izchilligi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashning strategik ahamiyatini asoslaydi.

Raqobat muhit, monopoliyaga qarshi kurash, Monopoliyaga qarshi qo‘mita, xususiy sektor, bozor infratuzilmasi, JST, iqtisodiy islohotlar, davlat reestri, raqobatbardoshlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.