Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 22-son (2025) · 101–103-betlar

INSTITUTSIONAL OMILLAR VA HUDUDIY IQTISODIY SAMARADORLIK

Qodirov, Farrux

DOI: 10.5281/zenodo.17264534 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati misolida institutsional omillarning hududiy iqtisodiy samaradorlikka ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilindi. Hududiy iqtisodiyotning samaradorligini shakllantiruvchi asosiy institutsional mexanizmlar – huquqiy tartibga solish, mulkchilik munosabatlari, investitsiya muhiti, boshqaruv sifati, mahalliy hokimiyat organlari faoliyati va tadbirkorlik infratuzilmasi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. 2010–2023-yillar uchun statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik model tuzildi va institutsional ko‘rsatkichlarning yalpi hududiy mahsulot hamda mehnat unumdorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishda samarali institutsional islohotlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi

Institutsional omillar, hududiy iqtisodiy samaradorlik, Qashqadaryo viloyati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.