Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 8–10-betlar
TIBBIY DISKURSNING AKSIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Yakubova, Nodira
DOI: 10.5281/zenodo.17276976 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola tibbiy diskursdagi aksiologik jihatlarni, ya’ni qadriyatlar tizimining mazmun va shaklini tahlil etishga bag‘ishlangan. Tibbiy diskurs — bu faqat bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqot emas, balki u tibbiyot tizimidagi madaniy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarning ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada qadriyatlarning tarixiy ildizlari, ularning til orqali qanday ifodalanishi, shuningdek, globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot va biopolitik jarayonlar ta’sirida qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatib beriladi. Lingvoaksiologik yondashuv asosida qadriyatlarning til birliklari orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi, qadriyatlar inqirozi va uning tibbiyotdagi insoniy munosabatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari tibbiyotdagi gumanistik qadriyatlar transformatsiyasining jamiyat hayotidagi kengroq ijtimoiy-axloqiy muammolar bilan qanday bog‘liqligini ochib beradi.
tibbiy diskurs, aksiologiya, qadriyatlar, shifokor-bemor munosabatlari, gumanizm, texnokratiya, deontologiya, lingvoaksiologiya, tibbiy etika, qadriyatlar transformatsiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.