Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 24–30-betlar
INTЕLLЕKTUAL MULKNI HIMOYA QILISHDA KOMPENSATSIYA INSTITUTINI JORIY QILISH MASALALARI
Mamadiyev, Abror
DOI: 10.5281/zenodo.17286009 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish holatlarida kompensatsiya institutini qo‘llashga doir nazariy, amaliy va qonunchilikdagi masalalar tahlil qilingan. Avvalo, kompensatsiya tushunchasining milliy qonunchilikda yagona va aniq talqinga ega emasligi, miqdorni belgilash mezonlarining yo‘qligi hamda sud amaliyotida izchillik shakllanmaganligi muhim muammolar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xalqaro huquqiy tajriba, xususan AQSh va boshqa xorijiy davlatlar qonunchiligi misolida samarali kompensatsiya mexanizmlari o‘rganiladi. Maqolada kompensatsiya miqdorini hisoblashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, terminologiyani yagona qilish, sudlar uchun metodik ko‘rsatmalar yaratish va soddalashtirilgan formula joriy etish kabi takomillashtirishga doir takliflar ilgari suriladi. Ushbu takliflar milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish, sud qarorlarining bir xilligini ta’minlash va huquq egalarining manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.
mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, kompensatsiya, tovon, zarar, intellektual mulk, qonunchilik, sud amaliyoti, huquqiy mexanizm.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.