Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 34–36-betlar

IBORALAR HAMDA QO‘SHMA SO‘ZLAR

Adizova, Dildora

DOI: 10.70413/zdif-v04-i23-p1-010 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Til – insonning o‘z fikrini ifodalash, his-tuyg‘ularini, g‘oyalarini va maqsadlarini boshqalarga yetkazish uchun foydalanadigan vositadir. Tilning boyligi uning elementlarining xilma-xilligi va murakkabligida namoyon bo‘ladi. Tilni tashkil etuvchi eng asosiy birliklardan biri so‘zdir. So‘zlar esa nutqning eng muhim qismlarini tashkil etgan holda, jamiyat hayotining turli sohalarida, kundalik muloqotda, ilmiy va ijodiy sohalarda qo‘llaniladi. So‘zlarning tilshunoslikda turli shakllarda qo‘llanilishi, ularning o‘zaro birikmalari esa nutqning boyligi va ifodaviyligini oshiradi. Aynan shu nuqtai nazardan, iboralar va qo‘shma so‘zlar tildagi muhim birliklar sifatida ajralib turadi hamda o‘zlarining grammatik, semantik va stilistik xususiyatlari bilan nutqni boyitadi, ifodaviyligini oshiradi. Bu maqolada biz iboralar va qo‘shma so‘zlarning farqlarini tahlil qilib, ularning tilshunoslikdagi o‘rnini ko‘rib chiqamiz.

til, ibora, qo‘shma so‘z, taqqoslash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.