Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 58–60-betlar

OVQATLANISH GIGIYENASI: SOG’LOM TURMUSH TARZINING KALITI

Maxmanazarov, G’afur, Yusupova, Sevinch, Bahodirova, Mohichehra

DOI: 10.70413/zdif-v04-i23-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ovqatlanish gigiyenasi – bu oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va iste’mol qilish jarayonida gigiyenik qoidalarga rioya qilishdan iborat bo‘lib, odam salomatligini asrash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri ovqatlanish gigiyenasi organizmning samarali ishlashini ta’minlaydi, oshqozon-ichak kasalliklari hamda zaharlanishlarni kamaytiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan ovqatlanish gigiyenasi, shuningdek, insonning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini yaxshilashda hal qiluvchi omildir.

ovqatlanish gigiyenasi,oziq-ovqat xavfsizligi,gigiyenik qoidalar,sog’lom ovqatlanish,kasalliklarni oldini olish,immunitetni mustahkamlash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.