Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 102–104-betlar
FARG’ONA VODIYSIDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (1928–1991 YILLAR)
Karimova, Dildora
DOI: 10.70413/zdif-v04-i23-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda Farĝona vodiysida radio va televideniya tizimining 1928–1991 yillar oralig‘idagi shakllanishi va rivojlanish jarayoni tarixiy-arxiviy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda vodiyning uch viloyati — Farg‘ona, Namangan va Andijonda radioeshittirishlar hamda televideniya faoliyatining bosqichma-bosqich kengayib borishi, ularning texnik, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ahamiyati yoritiladi. Xususan, 1928–1939 yillardagi “radiofikatsiya” jarayoni, Ikkinchi jahon urushi davridagi axborot roli, 1950–1980-yillardagi teleradio infratuzilmaning shakllanishi va 1991 yilgacha bo‘lgan mustahkamlash davri tahlil qilingan. Tezisda vodiyning mintaqaviy radiostansiyalari o‘zbek jamiyatida siyosiy barqarorlik, madaniy uyg‘onish va jamoaviy ongni shakllantirishda tutgan o‘rni ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
Farĝona vodiysi, radioeshittirish, televideniya, O‘zbekiston SSR, radiokomitet, Namangan, Farg‘ona, Andijon, madaniyat, axborot tarixi, arxiv manbalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.