Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 23-son (2025) · 135–137-betlar
JAZONI IJRO ETISH ISLOHOTLARI KONTEKSTIDA “TA'SIR-XAVF-EHTIYOJ” (RNR) MODELI: HUQUQIY VA METODIK ASOSLAR
Yesbotayev, Arsen
DOI: 10.5281/zenodo.17355507 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda jazoni ijro etish tizimidagi islohotlar kontekstida “ta’sir–xavf–ehtiyoj” (Risk–Needs–Responsivity, RNR) modelining huquqiy va metodik asoslari yoritiladi. Konseptual tahlilda RNR modelining uch tayanchi — jazoni ijro etishda xavfni tabaqalashtirish, o‘zgartirishga yaroqli ehtiyojlarni aniqlash va ta’sir choralarini shaxsning individual xususiyatlariga moslashtirish — milliy normativ-huquqiy muhit, xalqaro standartlar va amaliy reabilitatsiya jarayonlari bilan bog‘lanadi. Tadqiqot dizayni hujjatlarni tahlil qilish va dizayn-orientirlangan konseptual umumlashtirishga tayanadi. Natijalar RNR tamoyillarini amaldagi etik-me’yoriy talablar, protsessual adolat va ochiq ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi; baholash mezonlari sifatida recidiv ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda oraliq natijalar — bandlik, ta’lim, ijtimoiy aloqalar va identitet transformatsiyasi —ni inobatga olish taklif etiladi. Xulosa qilib, RNR modelining bosqichma-bosqich joriy etilishi, xodimlar salohiyatini oshirish, axborot tizimlarini kuchaytirish va “Mandela qoidalari” ruhiga muvofiqlik jazoni ijro etish tizimida samarali reabilitatsiya va profilaktika uchun strategik asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanadi.
RNR modeli; xavfni boshqarish; ehtiyojga yo‘naltirilgan yondashuv; responsivlik; reabilitatsiya; profilaktika; jazoni ijro etish islohotlari; protsessual adolat; ochiq ilm; normativ asos.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.