Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 24-son (2025) · 135–140-betlar
TA’LIM JARAYONIDA MUAMMOLI DARSLARNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
Ro‘zmetova, Go‘zalxon
DOI: 10.70413/zdif-v04-i24-p1-039 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida muammoli darslarni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Muammoli ta’limning mazmuni, tuzilishi hamda uning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muammoli darslarning samaradorligi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik faoliyati va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati bilan asoslanadi. Muallif muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining egiluvchanligi, o‘quv jarayoniga moslasha olish xususiyatlarini tahlil qilib, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va afzalliklarini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Shuningdek, maqolada muammoli ta’limning shakllari, xatoliklar tahlili va ularni didaktik vosita sifatida qo‘llashning samarali yondashuvlari yoritilgan. Natijada, muammoli ta’lim talabalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal etish va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim omili sifatida ko‘rsatilgan.
Muammoli ta’lim, muammoli dars, didaktik tizim, izlanuvchan faoliyat, tanqidiy fikrlash, muammoli-modulli o‘qitish, pedagogik texnologiya, ijodiy tafakkur, o‘quv jarayoni, egiluvchanlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.