Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 50–54-betlar
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Normurodova, Sadoqat, Ibragimova, Dilnura, Asadova, Shaxina
DOI: 10.70413/zdif-v04-i03-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda, Internetda ishlash asoslarini o‘qitish metodikasining samarali usullari va prinsiplariga oid tahlil olib borilgan. Internetdan foydalanishning bugungi kunda hayotimizdagi o‘rni va ta’lim jarayonida uning ahamiyati oshib bormoqda. Tezisdagi tadqiqotlar Internet texnologiyalarining ta’limda qo‘llanilishi, o‘quvchilarga zamonaviy resurslardan samarali foydalanishni o‘rgatish va bu jarayonda muammolarni hal etish metodlarini o‘rganish asosida amalga oshirilgan. Mavzuni o‘qitishda interaktiv usullar, multimedia vositalarini qo‘llash, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil izlanishlari va onlayn platformalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Internetda ishlashning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish va pedagogik yondashuvlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. O‘qitish jarayonida metodik yondashuvlar orqali o‘quvchilarda kritikal fikrlash va axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy tushunchalar shakllantiriladi. Tezis, shuningdek, Internetda ishlashni o‘rgatishning zamonaviy metodlarining ta’lim tizimida qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va o‘qituvchilarga didaktik materiallar va metodik ko‘rsatmalar bilan yordam beradi.
Internet texnologiyalari, o‘qitish metodikasi, distanion ta’lim, onlayn resurslar, pedagogik yondashuvlar, E-o‘qitish, interaktiv ta’lim, elektron darsliklar, ta’limda internetni samarali ishlatish, kompyuter texnologiyalari, o‘quvchilarni internetga oid ko‘nikmalarini rivojlantirish, internet xavfsizligi, onlayn kommunikatsiya vositalari, pedagogik axborot texnologiyalari, innovatsion ta’lim metodlari, tajribali o‘qituvchi yondashuvlari, kritik fikrlash, internetdan foydalanish, internet imkoniyatlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.