Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 55–59-betlar
VEB – DIZAYN ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Normurodova, Sadoqat, Rajapova, Zebiniso, Asadova, Shaxina
DOI: 10.70413/zdif-v04-i03-p1-013 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Web-dizayn asoslarini oʻqitish bugungi raqamli davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada web-dizayn asoslarini oʻqitish metodikasi, uning samarali tashkil etish usullari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Web-dizaynni oʻrgatish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, jumladan, vizual dasturlar, interaktiv platformalar va amaliy mashgʻulotlardan foydalanish muhimligi ta’kidlanadi. Maqolada oʻquvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularning nazariy bilimlarini amaliy loyihalar bilan mustahkamlash usullari yoritiladi. Ta’lim jarayonida oʻyin elementlari, muammoli ta’lim, loyihaviy ishlar va kooperativ oʻqitish kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, web-dizayn asoslarini oʻqitishda o‘qituvchining roli, dars materiallarini tanlash va interfaol oʻqitish vositalaridan foydalanish muhim jihatlar sifatida koʻrib chiqiladi. Ushbu maqola web-dizayn oʻqitish jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun foydali tavsiyalar beradi hamda web-dizayn ta’limiga oid dolzarb muammolarni yoritib beradi.
web – dizayn, veb-dizaynning boshlanishi, World Wide Web, veb-dizaynning evolyutsiyasi, veb-dizayner va veb-dasturchi, veb-dizayn asoslarini o‘qitish metodikasi, HTML, CSS, UI (UX).
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.