Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 66–68-betlar
TIL OʻRGANISHGA MOTIVATSIYA BERUVCHI OMILLAR
Ibodullayev, Bekzod
DOI: 10.5281/zenodo.14973717 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Til oʻrganish jarayoni koʻplab omillar taʼsirida amalga oshadi va ularning eng muhimlaridan biri motivatsiyadir. Motivatsiya oʻquvchining harakatlanishiga, harakatlanish davomiyligiga va natijalariga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada til oʻrganishga ijobiy taʼsir etuvchi motivatsion omillar tahlil qilinadi, ular ichki va tashqi motivatsiyaga boʻlinib oʻrganiladi. Ichki motivatsiya shaxsiy qiziqish, oʻz-oʻzini rivojlantirish va shaxsiy maqsadlar bilan bogʻliq boʻlsa, tashqi motivatsiya ijtimoiy talablar, iqtisodiy manfaatlar va ishdagi imkoniyatlar bilan bogʻliqdir. Maqolada ushbu omillarning oʻquv jarayoniga taʼsiri ilmiy adabiyotlar tadqiqotlar asosida koʻrib chiqiladi hamda ularning til oʻrganish samaradorligiga taʼsiri baholanadi.
til oʻrganish, taʼlim, motivatsiya, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, til kompetensiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.