Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 4-son (2025) · 41–47-betlar
MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI
Najimova, Jamola, Bokiyev, Jahongir
DOI: 10.70413/zdif-v04-i04-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.
manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, davlat boshqaruvi, huquqiy tizim, xalqaro tajriba, qonunchilik, shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash, huquqiy savodxonlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.