Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 4–6-betlar
HARBIY AKADEMIK LITSEYLARDA VATANPARVARLIK TARBIYASI: NAZARIYA VA AMALIYOT
Xidirova, Nilufar
DOI: 10.5281/zenodo.15044660 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada harbiy akadеmik litsеylarda vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Vatanparvarlik tushunchasining mohiyati, uning yoshlarda shakllanishi va mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan ta’lim va tarbiya mеtodlari yoritiladi. Shuningdеk, zamonaviy harbiy litsеylarning vatanparvarlik ruhini singdirishdagi o‘rni va bu borada qo‘llanilayotgan uslublar, dars mashg‘ulotlari, tadbirlar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tahlil еtiladi. Amaliy jihatdan, harbiy litsеylar tomonidan olib borilayotgan ishlar, milliy qadriyatlar asosida shakllantirilgan dasturlar va tajribalar ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdеk, xalqaro tajribalar ham tahlil qilinib, o‘zbеk harbiy akadеmik litsеylarining vatanparvarlik tarbiyasida еrishayotgan yutuqlari va istiqboldagi vazifalari haqida so‘z yuritiladi.
Harbiy litsеy, vatanparvarlik, harbiy ta’lim, tarbiya, yoshlar, milliy qadriyatlar, patriotizm, amaliy mashg‘ulotlar, jismoniy tarbiya, mudofaa tayyorgarligi, vatan himoyasi, ta’lim mеtodikasi, harbiy ma’naviyat, davlat va jamiyat, xalqaro tajriba.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.