Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 14–21-betlar

FERMER XO’JALIKLARIDA MARKETING STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH VA RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISH OMILLARI

Nazarova, Gulruh

DOI: 10.70413/zdif-v04-i06-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi sohasida fermer xo‘jaliklarining marketing strategiyasini shakllantirish va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan omillarni tahlil qiladi. Tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar va innovatsion marketing vositalaridan foydalanish, bozor segmentatsiyasi, narx siyosati, va brendlash kabi asosiy jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli sotish va raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy usullar va yondashuvlar, shu jumladan, ekologik toza mahsulotlar va sifatni oshirish masalalari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, marketing strategiyalarini to‘g‘ri shakllantirish orqali fermerlar o‘z mahsulotlarini keng auditoriyaga taqdim etish, yangi bozorlarni zabt etish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, raqamli marketing va onlayn savdo platformalaridan foydalanish fermerlarga mahsulotlarini bozorga tezkor va samarali chiqarish imkonini beradi. Tadqiqotda fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirish uchun bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fermer xo‘jaliklari, marketing strategiyasi, raqobatbardoshlik, bozor segmentatsiyasi, raqamli marketing, brendlash, narx siyosati, ekologik toza mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar, savdo strategiyalari, mahsulot sifatini oshirish, bozor tahlili, marketing vositalari, iqtisodiy samaradorlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.