Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 29–32-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA TINISH BELGILARINING QIYOSIY TAHLILI: STILISTIK VA MADANIY YONDASHUV
Turdaliyev, Xayotbek
DOI: 10.70413/zdif-v04-i07-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida tinish belgilarining sintaktik va stilistik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarlaridagi tinish belgilar vositasida muallifning estetik qarashi, emotsional ifoda uslubi va milliy tafakkuridagi o‘ziga xosliklar yoritiladi. Tahlil natijalarida aniqlanishicha, ingliz adabiyotida tinish belgilar harakat, tezlik va dialogik dinamizmni ifodalashga xizmat qilsa, o‘zbek adabiyotida ular sukut, ichki kechinma va ruhiy chuqurlikni tasvirlash vositasi sifatida faol qo‘llaniladi. Tarjimadagi muammolar, ayniqsa ellipsis va tire kabi belgilar yordamida ifodalanuvchi dramatik ohang va emotsional pauzalarning yo‘qolishi orqali namoyon bo‘ladi. Maqolada tinish belgilarining lingvistik va madaniy yuklamasi alohida tahlil qilinadi.
tinish belgilar, stilistik funksiyalar, tarjima muammolari, Mark Tven, Abdulla Qodiriy, ellipsis, tire, ruhiy kechinma, chog‘ishtirma stilistika, madaniy tafakkur.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.