Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 111–114-betlar
EKOLOGIK GLOBALLASHUV SHAROITIDA O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY-SIYOSATI
G'ulomova, Ruxsora
DOI: 10.5281/zenodo.15201135 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekistonning ekologik holati so‘nggi o‘n yilliklarda jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi. Mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy o‘sish jarayonlari ekologik muammolar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, Orol dengizining qurishi, iqlim o‘zgarishlari va suv resurslarining noto‘g‘ri taqsimlanishi O‘zbekistonning ekologik holatiga kuchli ta'sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ekologik muammolar faqat tabiatga zarar yetkazib qolmay, balki jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta va g‘alla yetishtirish kabi resurs talab qiladigan tarmoqlar ekologik resurslarni haddan tashqari iste'mol qilishga olib kelmoqda, bu esa iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda katta qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.