Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 84–86-betlar
O‘SMIRLIK DAVRIDA KOMMUNIKATIV USTANOVKALARNI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Raximova, E’tibor
DOI: 10.70413/zdif-v04-i08-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘smirlarning gender xulq-atvori bilan bog‘liq masalalar so‘nggi paytlarda olimlar va amaliyotchilar tomonidan faol muhokama qilinayotgan masalalar qatoriga kiradi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida shaxsning shakllanishiga jinsiy yetilish sezilarli ta’sir ko‘rsatadi [6]. O‘smirlarga tarbiya va individual yondashuvning zamonaviy talablarini jinsning psixologik xususiyatlarini, maktab o‘quvchisining gender o‘z-o‘zini anglashini hisobga olmasdan tushunib bo‘lmaydi. F. Rays ta’kidlaganidek, rivojlanish davrining boshida muloqot gomo ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi, ya’ni bolalar o‘z jinsidagi tengdoshlari bilan muloqot qilishni afzal ko‘radilar, keyinchalik esa muloqot geterosotsial tus oladi - har ikki jins vakillari bilan kommunikativ o‘zaro ta’sirga kirishish tendensiyasi kuzatiladi [6]. O‘smirlik yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarning muloqotda o‘zini namoyon qilish imkoniyati ko‘p jihatdan ularning kommunikativ ustanovkalari bilan belgilanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.