Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 105–107-betlar

“BOBURNOMA”GA ZAMONAVIY YONDASHUVLARDA SAIDBEK HASANOVNING O‘RNI

Musaev, Islomxon

DOI: 10.70413/zdif-v04-i08-p1-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

XX asr oxiri va XXI asr boshlarida o‘zbek adabiyotshunosligida yangi metodologik qarashlar shakllanib, adabiy matnlarni tahlil qilishda tarixiylik, badiiylik, g‘oyaviy-estetiklik, lingvistik va falsafiy yo‘nalishlar uyg‘unlashdi. Bu jarayonda klassik asarlarni, xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Boburnoma”ni yangicha nuqtayi nazardan tahlil qilishga ehtiyoj sezildi. Ana shunday ilmiy ehtiyojni qondirish yo‘lida fidokorona izlanishlar olib borgan olimlardan biri Saidbek Hasanov bo‘ldi. U “Boburnoma”ni nafaqat tarixiy-biografik manba, balki chuqur falsafiy, badiiy va madaniy fenomen sifatida o‘rgangan ilk zamonaviy tadqiqotchilardan biridir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.